Bemor qabuli, kassa, ombor, oyliklar, vrach tekshiruvlari, laboratoriya, statsionar va monitor — barchasi bir joyda, real vaqtda va xatosiz. Har bir so‘m nazoratda, har bir natija bemorning Telegramida.
Bemorlarni ro‘yxatga olish, to‘lovlar, ombor va xodimlar hisobi — hammasi bitta ish o‘rnida, bir necha soniyada.

Bu yerdan bemorlar ro‘yxatga olinadi va shifoxonadagi barcha bo‘limlarning tushum va chiqimlarini bir joyda kuzatib borish mumkin. Kassir kun boshida kirib, kun oxirigacha barcha amalni shu ekrandan bajaradi.

Xizmatlar bo‘limlarga ajratilgan holda ko‘rinadi: kerakli xizmat(lar) tanlanadi, narx avtomatik yig‘iladi, chegirma qo‘yish mumkin. Keyin to‘lov turi belgilanadi — naqd, karta yoki Click — va chek chop etiladi.
To‘lov gibrid bo‘lishi mumkin: masalan 100 000 so‘mlik xizmatni bemor 50 000 karta, 25 000 naqd va 25 000 Click bilan to‘laydi. Ko‘p dasturlarda yo‘q bu imkon shu yerda oddiy tugmaga aylangan.

Bemorning ismi yoki telefoni yozila boshlashi bilanoq tizim bazadan dinamik qidiradi: agar bemor ilgari kelgan bo‘lsa, barcha ma’lumotini o‘zi to‘ldiradi — qayta yozib o‘tirish shart emas.
Ish tig‘iz bo‘lganda hamma maydonni to‘ldirish shart emas: xohlagan joyini yozasiz (masalan faqat ism va telefon), qolganini bemor joyiga yetib borgach to‘ldirasiz. Bu bemorlar ko‘payib ketganda tezlik uchun juda muhim.

Oxirgi cheklardagi ma’lumotlar asosida bemorni topib, unga yangi ma’lumot yoki to‘lov qo‘shasiz. Quyidagi tugmalar shu oynada joylashgan.

Bir xodim bemor ma’lumotini to‘ldiradi, boshqasi pulni oladi. To‘lov qilmasdan bemorni navbatga yozib qo‘yish mumkin — ish taqsimlangan klinikalar uchun juda qulay.

Bemorlar oxirgi cheklardagi ma’lumot bo‘yicha topiladi. Topilgan bemorga yangi xizmat, yangi ma’lumot yoki yangi to‘lov qo‘shiladi.

Bemorning laboratoriya tahlili tayyor bo‘lganda shu yerda chiqadi. Natijani ko‘rib, chop etib yoki bemorga berib yuborish mumkin.

UZI, rentgen, MSKT kabi maxsus tekshiruvlar natijasi chiqqan bo‘lsa, shu tugma orqali natijani bemorga chiqarib beriladi.

Yotib davolanayotgan bemor haqida to‘liq ma’lumot: qaysi palata, necha kun, qancha yig‘ildi, qancha to‘langan, qancha qoldiq. Shu yerdan to‘lovini — to‘liq yoki bo‘lib-bo‘lib — qabul qilasiz.

Har kassir o‘z tiketini ochadi va yopadi. O‘sha kassirning tushumi, qaytargan pullari va amallari alohida yig‘iladi — hisobotda kim qancha ishlaganini aniq ko‘rasiz.

Xodim kassadan avans yoki oldindan pul olsa, shu yerga yoziladi. Oy oxirida oyligidan chiqariladi — “kimga qancha berilgan” savoli chalkashmaydi.

Kassadan chiqqan mayda xarajatlar (taksi, ta’mir, kommunal va h.k.) shu yerda qayd etiladi va kun/oy hisobotida avtomatik hisobga olinadi.
Kassa odatda 8:00–17:00 ishlaydi; laboratoriya och qoringa erta keladi, UZI/MSKT/rentgen esa 24/7. Har bir bo‘lim zarur bo‘lganda o‘zi to‘lov qabul qiladi — bu to‘lov aynan qaysi xizmat uchun ekani belgilanadi va xatosiz kuzatiladi.

Har bir chek ostida QR kod chiqadi. Bemor uni telefoni bilan skaner qilib, klinikaning Telegram botiga ulanadi. Shu bir amaldan keyin uning barcha natijalari va eslatmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoniga tushadi.
Chekni istalgan vaqtda qayta chiqarish mumkin — QR bilan birga, xuddi asl nusxadek.

QR orqali ulangan bemor Telegram orqali quyidagilarni oladi: laboratoriya va maxsus tekshiruv natijalari (asl sifatda), tashxis va retsept, dori vaqti eslatmalari va qayta ko‘rik chaqiruvi. Bemor esa savolini shu yerdan yozib, shifokor bilan yozishishi mumkin.
Bu klinikaning bemor bilan aloqasini uzmaydi — u uyiga borganda ham nazoratda bo‘ladi.
Registratsiya bo‘limining to‘liq ish jarayoni videoda
Bugalter uchun ish deyarli qolmaydi — tizim tushum, oylik, jarima va xarajatlarni o‘zi hisoblab, tayyor hisobotni chiqarib beradi.

Bugalter shunchaki kiradi va istalgan davrni ochadi — kun bo‘yicha yoki oy bo‘yicha. Har bir kundagi savdolar, vrach uchun ajratmalar va yordamchi vrach (ATKAT) qismlari ajratilgan holda ko‘rinadi. «Chop etish» tugmasi — hisobot A4 formatda tayyor.

Qorovuldan tortib hamshira va vrachlargacha — oy davomida ishlab topgan puli shu yerda ko‘rinadi. Oy davomida olgan pullari (avans) va o‘tgan oydan chala qolgan qoldiq ham ko‘rsatiladi. Ortiqcha olgan bo‘lsa — keyingi oyga avans bo‘lib o‘tadi.

Xodim ishga kelmasa yoki kech qolsa, tizim buni belgilaydi va oylikdan mos jarimani o‘zi ushlab qoladi. Boshqa ushlanmalar (avans, kelishuv bo‘yicha yechimlar) ham hisobga kiradi. Hech kim “men kelgandim” deb bahslasholmaydi — hammasi qayd etilgan.

Hamshira, sanitarka, qorovul kabi smenaga biriktirilgan xodimlarning haqi ishlagan smenasi va kunlik stavkasi bo‘yicha avtomatik yig‘iladi. Kim qaysi smenada, qaysi bo‘limda ishlagani — hammasi hisobga olinib, oy oxirida aniq raqam chiqadi.

Barcha chiquvchi xarajatlarni papka → papka → papka tarzida ichma-ich joylashtirasiz. Har papkada reja va bajarildi ko‘rinadi — qancha mo‘ljallangan, qancha sarflangan, qancha qoldi.

Istalgan xarajat papkasini A4 formatda shu yerdan pechat bering — ortiqcha ovoragarchiliksiz, tekshiruvchiga tayyor ko‘rinishda.
Bugalteriya bo‘limi videoda batafsil
Bemorni chaqirish, haqni shaffof taqsimlash, tayyor shablon bilan tashxis va retsept — bemorning Telegramiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri.

Vrach kabinetida bemorlar navbat bilan chaqiriladi — chaqiruv monitorga chiqadi. Har bir bemor uchun qancha haq olingani va shundan qanchasi vrachga, qanchasi yordamchisiga tegishi darhol ko‘rinadi. Vrach o‘z ishining pulini shaffof ko‘rib turadi — oy oxirida bahs bo‘lmaydi.

Shablon tarkibida dorilar retsepti (aralashmalari bilan), tashxis-diagnoz, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, qo‘shimcha tekshiruvlar (UZI, rentgen va h.k.) hamda laboratoriyalar bor. Istalgan qismini o‘zgartirish va yangi muolaja qo‘shish mumkin. Dizayn ozoda va tushunarli.
Qo‘yilgan tashxis bemorning Telegramiga tushadi: dori vaqti yaqinlashganda dinamik eslatma boradi, qayta ko‘rik vaqti kelganda ogohlantirib chaqiradi.

Bu tayyor diagnoz namunasi. Qog‘ozga chiqarilsa, bemorga qanchalik e’tibor berganingiz seziladi — u uyiga olib borib, muhim hujjat kabi saqlab qo‘yadi. Chiroyli, o‘qilishi oson tuzilma bemor ishonchini oshiradi.

Qo‘yilgan diagnozga ko‘ra tizim davolanish kartochkasini avtomatik chiqarib beradi. Buni yotib davolanadigan bemor uchun «list naznacheniya» (tayinlashlar varaqasi) sifatida ishlatasiz — dorilar, vaqtlari va muolajalar tartib bilan yozilgan.
Vrach kabineti bo‘limi videoda
Natijalar apparatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadi, asl sifatda saqlanadi va bemorning Telegramiga boradi — qayta kiritish shart emas.

Laborant va maxsus tekshiruv xodimi bu yerda o‘z navbatini ko‘radi: kimning tahlili kutilmoqda, kimniki tayyor. Natija kiritiladi yoki apparatdan olinadi, so‘ng bir tugma bilan bemorga (va kerak bo‘lsa shifokorga) yuboriladi.

Har tahlil turi uchun tayyor shablon: analitlar, o‘lchov birligi va norma qiymatlari ko‘rsatilgan. Ko‘rsatkichlar guruhlab, chiroyli blanka ko‘rinishida chiqadi — laborant faqat qiymatni kiritadi, qolganini tizim bezaydi.

Laboratoriya va UZI/rentgen apparatlarini tizimga integratsiya qilamiz. Natija apparatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadi — vrach yoki hamshira raqamlarni qaytadan kiritib o‘tirmaydi. Bu xatolarni yo‘qotadi va vaqtni tejaydi.

Olingan surat va namunalar asl (original) formatda bazada saqlanadi — qog‘ozga bosilganda sifatini yo‘qotmaydi. O‘sha asl sifatli fayl bemorning Telegramiga yuboriladi. Bemor natijani telefonida toza, aniq ko‘rinishda oladi va saqlab qo‘yadi.
Laboratoriya va maxsus tekshiruvlar videoda
Navbat monitori televizoringizga moslanadi — bemorlarni chaqiradi, reklamangizni aylantiradi va to‘liq siz nazoratingizda.

Monitor bemorlarni navbat bilan chaqiradi — ismi ekranga chiqadi va ovozli e’lon qilinadi. Shu bilan vrach kabineti oldida bemorlar tirband bo‘lib, tortishib turmaydi: hamma o‘z navbatini ekrandan ko‘rib turadi.

Chaqiruvlar orasida monitorda klinikangizning reklamasi doimiy aylanib turadi: xizmatlaringiz, aksiyalar, e’lonlar. Kutayotgan bemorlar uchun foydali ma’lumot, siz uchun esa qo‘shimcha targ‘ibot.

Monitor nima deyishini, qanday ko‘rinishini siz belgilaysiz. Har bir televizor uchun alohida sozlash mumkin, va bu barcha sozlamalar doim nazoratda — istalgan payt o‘zgartirasiz. Biz uni sizning televizoringizga moslab o‘rnatib beramiz.

SINAB KO‘RING
Tizim faqat klinikani boshqarmaydi — u sizning Instagram va Telegram kanalingizni ham o‘stiradi. Bemorlar bazasi endi tirik auditoriyaga aylanadi.

Instagram sahifangizga yoki Telegram kanalingizga yangi post joylanishi bilan tizim uni ilg‘aydi va tanlangan bemorlarga bot orqali avtomatik xabar yuboradi. Bemor xabarni ochib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri postingizga o‘tadi.
Bu ko‘rishlar (views) va obunachilar sonini sifatli oshiradi — sun’iy emas, aynan sizga qiziqadigan, klinikangizni tanigan odamlar hisobiga.

Xabar yuborishni ixtiyoriy ravishda tanlaysiz: masalan post ginekologiya haqida bo‘lsa — faqat o‘sha bo‘limga oid bemorlarga; yoki tanlangan bo‘limda davolanib ketgan bemorlarga. Postingiz mavzusiga mos odamgagina boradi, hech kim bezovta bo‘lmaydi.
Amalda dastur bir vaqtning o‘zida sizning Instagram target (targetolog) ishini ham bajaradi — pullik reklamaga sarflanadigan mablag‘ni tejaydi.

Har bir xabar bemorni Instagram sahifangizga a’zo bo‘lishga chorlaydi. Klinikangizning obro‘si, ishonchi va tanilishi shu tarzda tabiiy o‘sadi.
Hozirgi raqobat muhitida bu — juda katta qulaylik: aynan bir tizim ichida ham klinikani boshqarasiz, ham marketingni yuritasiz.
Klinika boshqaruvi va ijtimoiy tarmoq marketingi birlashgan. Alohida targetolog yollash yoki qo‘shimcha SMM xizmatiga pul to‘lash shart emas — hammasi shu tizim ichida, avtomatik ishlaydi.
Klinikangiz qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar — biz moslashamiz. Ikki yo‘l bor.
Tizim mutlaqo noldan o‘rnatiladi va to‘liq sozlanadi
Klinikada ishlab turgan dasturga bog‘lab beriladi
Yangi klinika bo‘lsangiz noldan quramiz; allaqachon boshqa dasturda ishlayotgan bo‘lsangiz, uni to‘xtatmasdan integratsiya qilamiz. Tanlov sizniki.
Adolatli va oddiy: to‘lov klinika tushumidan kelib chiqadi. Kam ishlasangiz — kam to‘laysiz, ko‘p ishlasangiz ham narx cheklangan.
Klinika oylik tushumining 0.5% qismi — ya’ni 1% ning ham yarmi
Savdo qancha oshsa ham — oylik to‘lov 100$ dan oshmaydi
Oylik to‘lov = klinika oylik tushumining 0.5% qismi. Bu miqdor 100$ dan oshib ketsa, siz baribir faqat 100$ to‘laysiz. Ya’ni: tushumi past bo‘lsa 0.5% (arzon), tushumi yuqori bo‘lsa eng ko‘pi bilan 100$ — undan oshmaydi.
Agar klinikada registratsiya uchun kompyuter bo‘lmasa, biz bitta noutbuk va chek printeri beramiz — har biri oyiga 200 000 so‘mdan ijaraga. Ya’ni qo‘shimcha texnika sotib olishga sarmoya kerak emas, ishni darhol boshlaysiz.
Demo va batafsil ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning — tizimni siz uchun sozlab beramiz.